Xalq madaniy merosi-bebaho xazina, u avloddan-avlodga o‘tib, sayqallanib
kelmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni milliy mafkuramiz ruhida tarbiyalash, san’at va
badiiy ijod orqali ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. O‘zbek an’anaviy musiqa madaniyati qadimdan komil insonni tarbiyalash
ishiga munosib hissa qo‘shib keladi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 17 noyabr
kuni imzolangan “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”1gi qaror – xalqimizning ko‘p sonli san’at ahlini, milliy musiqa va
ashulachilik san’ati ihlosmandlarini bir qatorda san’at sohasi pedagog va talabalarini
quvontirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu qaror qabul qilinishi, yurtimizdagi
musiqiy ta’lim muassasalarida maqom ijrochiligi va an’anaviy xonandalik fanlaridan dars
beruvchi professor-o‘qituvchilar oldiga qator vazifalarni qo‘yadi. Xususan, talabalarga
eng avvalo, maqom san’ati tarixini o‘rganish, maqom san’atini xalqimiz va yoshlar orasida
keng targ‘ib qilish shuningdek, an’anaviy xonandalik sir-asrorini, ijochilikning nozik
qirralarini o‘rganib, rivojlantirishga undaydi.
